Ruminiya Mudofaa vazirligi Niderlandiya hukumati bilan zarur jihozlar bilan birga 18 ta F-16 Fighting Falcon qiruvchi samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Bu haqda Ruminiya mudofaa vaziri Yonus Mushtyanu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, ushbu samolyotlar faqat Feteshtidagi Yevropa F-16 o‘quv markazida o‘quv maqsadlarida qo‘llaniladi. Markaz allaqachon NATOga a’zo va hamkor davlatlar uchun uchuvchilar tayyorlash bo‘yicha mintaqaviy markazga aylangan.
Mushtyanuning so‘zlariga ko‘ra, xarid 1 yevrolik ramziy narxda amalga oshirilmoqda. "Bu kadrlar tayyorlash, hamkorlik va kelajakka qo‘yilgan oqilona sarmoyadir", deb ta’kidladi u.
Vazir, shuningdek, F-16 sotib olish F-35 samolyotlarini Ruminiya harbiy-havo kuchlari flotiga integrasiyalashuvini ta’kidladi.
OAVning yozishicha, Ruminiya ukrainalik uchuvchilarni Feteshti aviabazasida G‘arbda ishlab chiqarilgan F-16 samolyotlarida o‘qitish xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplaydi. Treningni moliyalashtirish mamlakat Milliy Mudofaa vazirligi (MApN) orqali amalga oshiriladi.