Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi doirasidagi uchrashuvi muhokama qilinmoqda va uning amalga oshishi ehtimoli yuqori.
Bu haqda "TASS"ga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.
"Muhokama jarayonida. Menimcha, imkoniyatlar yuqori", - dedi u bu boradagi savolga javob berar ekan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Lavrovni BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi Rossiya delegasiyasi rahbari etib tayinlagani ma’lum bo‘lgan edi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova TASS agentligiga bergan intervyusida Lavrov va Rubio uchrashuvi bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi.