Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Rubio: "Trampning asosiy maqsadi - Rossiya-Ukraina urushiga barham berish"

Rubio: "Trampning asosiy maqsadi - Rossiya-Ukraina urushiga barham berish"

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlariga AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya-Ukraina mojarosida barqaror muzokaralar yo‘li bilan kelishuvga erishish ustuvorligi ekanini aytdi.

Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.

"Bugun AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari bilan Yaqin Sharqda barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, Eronning yadroviy qurol yaratishi yoki qo‘lga kiritishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalarini muhokama qildi", — deyiladi xabarda.

“Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush bo‘yicha Davlat kotibi prezident Trampning ustuvor vazifasi urushni barqaror muzokaralar yo‘li bilan tugatish bo‘lib qolishini ta’kidladi”, — deyiladi hujjatda.

Kiritildi: 09:50 15.07.2025. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!