Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rubio Isroilda Trampning HAMASni mag‘lub etish haqidagi istagini takrorladi

Rubio Isroilda Trampning HAMASni mag‘lub etish haqidagi istagini takrorladi

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio yakshanba kuni G‘azodagi mojaroning kelajagi va garovga olinganlarni ozod qilish masalasini muhokama qilish uchun ikki kunlik tashrif bilan Isroilga keldi. Rubio yana bir bor Isroilning Qatardagi HAMAS yetakchilariga hujumidan noroziligini bildirdi, biroq bu voqea ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam bo‘lib qolayotgan munosabatlarga zarar yetkazmasligini aytdi.

Rubio AQSh prezidenti Donald Trampning garovga olingan isroilliklarni bir vaqtning o‘zida ozod qilish va HAMASni mag‘lub etish haqidagi istagini takrorladi.

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Vashington guruh tomonidan garovda ushlab turilgan 48 kishini qanday ozod qilishni (ulardan 20 nafari hali tirik deb hisoblanmoqda) va sektorni qayta tiklashni muhokama qilmoqchi.

«Bo‘lar ish bo‘ldi. Biz Isroil rahbariyati bilan uchrashamiz, kelajakda bizni nima kutayotgani haqida gaplashamiz», – dedi Rubio safar oldidan.

U Isroil G‘azo shahriga hujumini qaytadan boshlagani yuzasidan izoh bermadi.

Rubio Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hamda AQShning mamlakatdagi elchisi Mayk Hakabi bilan birgalikda Yig‘i devoriga ham tashrif buyurdi. U yahudiylar bosh kiyimini kiyib, G‘arbiy devorga tegib, ibodat qilgan.

Netanyahu Qo‘shma Shtatlar bilan ittifoq hech qachon hozirgidek mustahkam bo‘lmaganini aytdi va Rubioni «Isroilning alohida do‘sti» deb atadi.

«Menimcha, uning bu yerga tashrifi Isroil-Amerika ittifoqining mustahkamligi va kuchidan dalolat beradi, – dedi Netanyahu jurnalistlarga. – U hozirgina biz qo‘l tekkizgan G‘arbiy devor toshlari kabi mustahkam va pishiq».

Rubio – 2019 yilda Tramp davlat kotibi Mayk Pompeo tashrifidan keyin G‘arbiy devorga tashrif buyurgan eng yuqori martabali amerikalik amaldor bo‘lmoqda.

Kiritildi: 22:55 15.09.2025. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!