Bu haqda Axios xabar bermoqda.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Parijda o‘tayotgan "Katta yettilik" davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida urush yana ikki haftadan to‘rt haftagacha davom etishi mumkinligi haqida ma’lum qildi.
Uchrashuvdan so‘ng, u Vashington Ukraina uchun mo‘ljallangan qurollarni Yaqin Sharqqa yo‘naltirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ham bildirdi.
Germaniya TIV rahbari Yoxann Vadeful ushbu "G7" uchrashuvi doirasida Qo‘shma Shtatlar bilan kelishmovchiliklar yo‘qligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin Tehronning yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi va mintaqaga tahdid solmasligiga ishonchi komil.