«Tinchlik uchun xavola etilgan taklif AQSh tomonidan ishlab chiqilgan. U davom etayotgan muzokaralar uchun mustahkam asos sifatida taklif qilinmoqda. U Rossiya tomonining takliflariga asoslangan. Lekin u shuningdek Ukrainaning avvalgi va amaldagi takliflariga ham tayanadi», — deb yozdi Rubio X ijtimoiy tarmog‘ida.
Shanba kuni respublikachi senator Mayk Raunds Galifaksdagi xalqaro xavfsizlik konferensiyasida Rubio unga va boshqa senatorlarga qo‘ng‘iroq qilib, bu taklif AQSh tomoni olgan va Ukrainaga yetkazgan taklif ekanini aytganini ma’lum qildi.
«U bizga ushbu taklif bizning vakilimizdan biriga yetkazilgan hujjat ekanini ochiq aytdi, — deya Raundsning so‘zlarini Reuters keltiradi. — Bu bizning tavsiyamiz ham emas, bizning rejamiz ham emas».