Qo‘shma Shtatlar Hormuz bo‘g‘ozi ochilishini kutmoqda va shundan so‘ng Eron bilan yadroviy masala bo‘yicha muzokara olib borishga tayyor bo‘ladi.
Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio The New York Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Siz [Eron yadroviy dasturi] muammosini salfetkaga chizib, 72 soat ichida hal qila olmaysiz. Bo‘g‘oz darhol ochilishi kerak va keyin kelishilgan parametrlarga muvofiq biz [uran]ni boyitish, yuqori darajada boyitilgan uran va hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaslik majburiyati bo‘yicha juda jiddiy muzokaralarni boshlaymiz", dedi u.