Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ruandada asosan Marburg virusi tibbiyot xodimlarida aniqlanmoqda

Ruandada asosan Marburg virusi tibbiyot xodimlarida aniqlanmoqda

Ruandada Marburg virusiga chalinganlarning 80 foizini kasallar bilan aloqada bo‘lgan tibbiyot xodimlari tashkil etmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotida so‘z boradi.

Hisobotga ko‘ra, mamlakatda 27 sentyabrdan beri 62 kishida kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning 15 nafari vafot etgan, qolganlar sog‘ayib ketgan. Shu bilan birga, kasallikka chalinganlarning 80 foizdan ortig‘ini mamlakat poytaxti Kigalidagi ikkita shifoxonaning tibbiyot xodimlari tashkil etgan.

JSST hamon Marburg virusining Ruandada tarqalish xavfini «juda yuqori» deb baholamoqda, ammo global xatar darajasi pastligicha qolyapti.

JSST qo‘llab-quvvatlovi ostida Ruandada Marburg virusi natijasida yuzaga kelgan kasallikka qarshi dori vositalarining birinchi klinik sinovlari boshlangan.

Kiritildi: 23:45 20.10.2024. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!