Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari qariyb million nafarni tashkil etmoqda — Britaniya razvedkasi

Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari qariyb million nafarni tashkil etmoqda — Britaniya razvedkasi

Ukrainada jang qilayotgan Rossiya armiyasining yo‘qotishlari 950 ming nafarga (halok bo‘lgan va yaralanganlar) yetdi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasi xabar berdi.

Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki to‘rt oyida Rossiya armiyasi taxminan 160 ming kishini yo‘qotgan.

"Agar mazkur sur’at saqlanib qolsa, 2025 yil shaxsiy tarkibdagi yo‘qotishlar bo‘yicha Rossiya uchun urushdagi eng og‘ir yil bo‘ladi", deyiladi Britaniya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Britaniya harbiylarining ta’kidlashicha, yuqori darajadagi har kunlik yo‘qotishlarga qaramay, Rossiya bu yil Ukraina hududlarining muhim qismlarini egallashga erisha olmagan.

Bungacha Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) Rossiya armiyasining urush boshidan buyon yo‘qotishlarini 800 ming kishiga baholagan edi. “Forbes” nashrining hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi hujum sur’ati va yo‘qotishlar saqlanib qolsa, Rossiya armiyasiga hali egallanmagan 490 ming kvadrat kilometr (Ukrainaning 81 foizi) hududni zabt etish uchun 230 yil kerak bo‘ladi. Bu jarayonda esa taxminan 101 million nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 14:20 05.05.2025. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!