Ukrainaning Kostiantinivka, Xerson va Nikopolya shaharlarida Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi yaralandi.
Bu haqda Ukraina OAVlari xabar berdi.
Kostiantinivka shahar harbiy boshqarmasi boshlig‘i Sergey Gorbunovga ko‘ra, FAB-250 havo bombasining Pochayevdagi "Avliyo Iov" cherkoviga zarbasi oqibatida ikki mahalliy aholi halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari yaralangan va kasalxonaga yotqizilgan.
Portlash oqibatida cherkovning fasad qismi va to‘qqizta shaxsiy uy zarar ko‘rgan.
Xerson viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Prokudinning ma’lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlari mintaqadagi bir necha aholi turar-joylarini artilleriyadan o‘qqa tutgan, natijada ikki kishi halok bo‘lgan.
Dnepropetrovsk viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Sergey Lisakning so‘zlariga ko‘ra, Nikopolda FPV-dronining zarbasi natijasida 23 yoshli ayol halok bo‘ldi.
Avvalroq Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Ukrainaning Zaporojye viloyatidagi 14 ta aholi punktini o‘qqa tutishi natijasida 2 kishi halok bo‘lgani, 11 kishi yaralangani xabar qilingandi.