Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyaning telbalarcha bombardimon qilayotgani menga yoqmayapti — Tramp

Rossiyaning telbalarcha bombardimon qilayotgani menga yoqmayapti — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya armiyasining so‘nggi haftalarda Ukrainaga hujumlarni kuchaytirganini qoraladi. Prezident bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

"Bombardimonlar bilan bog‘liq vaziyat menga yoqmayapti. Hozir Ukraina telbalarcha bombardimon qilinmoqda. Menimcha, bu unchalik yaxshi holat emas. Men so‘nggi hafta ichida sodir bo‘layotgan bombardimonlardan noroziman. Bu dahshat", — deya munosabat bildirdi Tramp.

Shu bilan birga, uning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashmoqda va tomonlar “tinchlik bitimiga yaqinlashgan”.

The New York Times'ning qayd etishicha, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savolga javob bermagan.

Kiritildi: 12:35 08.04.2025. O'qildi: 969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!