Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiyaning Suriyadagi Hmeymim aviabazasiga hujum uyuyshtirildi

Rossiyaning Suriyadagi Hmeymim aviabazasiga hujum uyuyshtirildi

Rossiyaning Suriyadagi Hmeymim aviabazasiga hujum uyuyshtirildi.

Rus Telegram-kanallarining xabar berishicha, 20 may kuni Rossiya harbiylari Suriyadagi Hmeymim aviabazasida to‘rt nafar xudkush-terrorchining hujumini qaytargan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum 20 may kuni erta tongda Hmeymim harbiy aviabazasi yaqinida sodir bo‘lgan. Jangarilar xavfsizlik postlari orqali harbiy ob’ektga bostirib kirishga uringan, biroq rossiyaliklar ularga qarshilik qilgan.

Otishma oqibatida uch nafar jangari yo‘q qilingan, yana biri qochib ketgan. Unga tankka qarshi granata otish moslamasi bilan zarba berilgan, ammo uning muvaffaqiyatli bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noma’lum.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilarning shaxsi allaqachon aniqlangan, ularning barchasi O‘zbekistondan kelgan va Suriyaning yangi hukumatini tan olmaydigan qurolli guruh a’zolari bo‘lgan.

Suriya va Rossiya rasmiylari hodisa yuzasidan rasmiy izoh bergani yo‘q.

Kiritildi: 08:57 21.05.2025. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!