Bu haqda “Meduza” nashri xabar bermoqda.
"17 iyun tongida Rossiyaning Shvesiyadagi savdo vakolatxonasi dron tomonidan hujumga uchradi. Dron vakolatxona hududi ustidan uchib o‘tgan va uning markaziy kirish eshigi oldidagi maydonga bo‘yoq solingan paketni tashlab ketgan. Shuni qayd etishga majburmizki, Shvesiya hukumati yana bir bor o‘zining xalqaro-huquqiy majburiyatlarini bajara olmagan", deya xabar berdi Rossiya elchixonasi.
Xuddi shunday hujum 2025 yil 25 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning Stokgolmdagi elchixonasi binosiga ham uyushtirilgan, o‘shanda dron elchixona hududiga bo‘yoq solingan banka tashlagandi. O‘sha vaqtda Rossiya diplomatik missiyasi “bunday hujumlar bir yildan ortiq vaqt davomida muntazam davom etayotganini” qayd etgan edi.