Bu haqda “TASS” Rossiya Moliya vazirligi statistik ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiyaning neft-gaz sotishdan olgan daromadlari 2025 yil oktyabr oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 26,6 foizga kamayib, 888,6 milliard rublni (10,6 milliard dollar) tashkil etgan.
Umuman olganda, yanvar–oktyabr oylarida Rossiyaning neft-gaz eksportidan daromadlari 21,4 foizga kamayib, 7,498 trillion rublni (90 milliard dollar) tashkil qilgan. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 9,539 trillion rubl (114 milliard dollar) bo‘lgan.