Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi Afipskiy neftni qayta ishlash zavodida dron hujumidan so‘ng yong‘in chiqdi. Hudud gubernatori Veniamin Kondratyevning so‘zlariga ko‘ra, dron qoldiqlarining qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan va yana ikki kishi jarohatlangan.
Al Jazeera xabar qilishicha, Ukraina Bosh shtabi o‘z kuchlari Afipskiydagi ob’ektlarga zarba berganini tasdiqlagan. Shuningdek, Rossiyaning Astraxan viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodiga ham hujum qilingani aytilmoqda.