Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalarining Ukraina poytaxti Kiyevga uyushtirgan yirik hujumi oqibatidagi qurbonlar soni 16 kishiga yetdi.
Bu haqda Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar qisman vayron bo‘lgan to‘qqiz qavatli bino vayronalari ostidan yana uch kishining jasadini olib chiqqan, qidiruv ishlari davom etmoqda.
17 iyunga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga 500 ga yaqin dron va o‘nlab raketalarni urib, yirik hujumga o‘tdi. Kiyevda eng katta vayronagarchilik Solomenskiy tumanida qayd etilgan, u yerda X-101 qanotli raketasi to‘qqiz qavatli binoga tegib, kirish joylaridan birini butunlay vayron qilgan.
Umumiy hisobda, hujum oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, yana 134 kishi jarohatlangan.