Kiyevda Rossiya Federasiyasining tungi qo‘shma hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetdi.
Bu haqda Kiyev shahar harbiy boshqarmasi boshlig‘i Timur Tkachenko ma’lum qilgan.
"O‘lgan 15-shaxs haqida ma’lumot olindi. Afsuski, vayronalar ostida qolishi mumkin bo‘lgan odamlar soni haqidagi eng yomon prognozlar tasdiqlandi", deb yozdi u Telegram-kanalida.
Shuningdek, 145 kishi jabrlangani, jumladan 14 nafari bolalar ekanligi qayd etilgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.