Birinchi marta Rossiyaning “Geran” (“Shahed”) dronlari ishlab chiqariladigan zavodning ichki ko‘rinishi namoyish etildi.
Rossiya Mudofaa vazirligiga aloqador "Zevezda” telekanalining ma’lum qilinishicha, bu korxona dunyodagi eng yirik uzoq masofali dronlar yig‘ish zavodi hisoblanadi.
Dushman strategik va harbiy-transport aviasiyasining radiochastotalarini tinglash hamda kuzatishga ixtisoslashgan Strategic Control Telegram-kanalida ishlab chiqarishdan olingan tegishli surat e’lon qilindi.
Ta’kidlash joizki, Rossiya Erondan "Shahed"larni sotib olgandan so‘ng, ularga "Geran-2" deb belgi qo‘yilgan. Ushbu uchuvchisiz uchuvchi apparat oldindan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi va berilgan koordinatalar asosida nishonga zarba beradi.
Zavod frontdan minglab kilometr olisda, Tataristonning Alabug‘a shahrida joylashgan.