Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi aktivlari Ukrainaga tovon puli to‘lanmaguncha muzlatildi

Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi aktivlari Ukrainaga tovon puli to‘lanmaguncha muzlatildi

Evropa Ittifoqi kengashi Rossiya aktivlarini "urush tugaguncha va Ukrainaga tovon puli to‘lanmaguncha" muzlatib qo‘yishga qaror qildi.

Bu haqda Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Uning ta’kidlashicha, "23 oktyabr sammitida YEI yetakchilari Rossiya-Ukraina urushi tugaguniga qadar va yetkazilgan zarar to‘liq qoplanmaguncha Rossiya aktivlari muzlatilishi kerakligini e’lon qilgan edi.

"Bugun biz bu va’dani bajardik", deb yozadi Koshta.

Avvalroq, YEI Kengashidagi Daniya raisligi YEI kengashi "Rossiya aktivlarini muddatsiz muzlatish"ni ma’qullaganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 08:30 13.12.2025. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!