Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning eng sovuq o‘lkalarida 30-36 gradus issiq bo‘lishi kutilmoqda

Rossiyaning eng sovuq o‘lkalarida 30-36 gradus issiq bo‘lishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda Sibir va Ural federal okruglari hududlarida havo harorati 30 darajadan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Bu holat antisiklonning mamlakat sharqiga qarab harakatlanishi bilan bog‘liq.

Bu haqda "TASS"ga Rossiya Gidrometeorologiya markazi ilmiy rahbari Roman Vilfand ma’lum qildi.

"G‘arbiy Sibir janubida bo‘lgan sovuqlardan so‘ng, 2-7 iyun kunlari bu hududlarda havo harorati +30 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Antisiklon asta-sekin Rossiyaning sharqiy qismiga siljimoqda, shuning uchun u yerda haqiqatan ham issiq havo uzoq davom etadi", dedi u.

Meteorologning ta’kidlashicha, dushanbadan Ural viloyatlari, Sverdlovsk, Chelyabinsk, Qurgan viloyatlarida ham issiq havo kutilmoqda. Ko‘rsatkich plyus 30 daraja belgisini kesib o‘tadi, ammo Chelyabinsk viloyatida issiq plyus 36 ga yetishi mumkin.

Vilfandning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda ayrim hududlarda tungi sovuqlar kuzatilmoqda. Irkutsk viloyatida kechasi havo harorati minus 5 darajagacha, Trans-Baykal o‘lkasi va Buryatiyada - minus 4 darajagacha tushishi mumkin.

Kiritildi: 10:39 02.06.2025. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!