Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiyaning eng badavlat kishilari bir yil ichida mamlakatdan o‘nlab milliard dollar olib chiqib ketdi

Rossiyaning eng badavlat kishilari bir yil ichida mamlakatdan o‘nlab milliard dollar olib chiqib ketdi

Agentlikning yozishicha, hatto Kremlga yaqin milliarderlar ham o‘z aktivlarini xorijga olib chiqmoqda.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, bunga mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va aktivlarning xavfsizligi borasidagi xavotirlar sabab bo‘lyapti.

Agentlik suhbatdoshlarining aytishicha, biznesni byudjet muammolarining o‘sishi va mulkni davlat foydasiga musodara qilish bilan bog‘liq shov-shuvli holatlar xavotirga solmoqda. Ba’zilar ehtimoliy musodaralardan qo‘rqishyapti.

Mablag‘larni olib chiqib ketish uchun kriptovalyutalar, oltin, xorijdagi ko‘chmas mulk va xususiy investisiya fondlari, ayniqsa Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi fondlardan foydalanilmoqda. Manbalarning baholashicha, gap o‘nlab milliard dollar haqida ketyapti.

Musodaralarning eng e’tiborga molik holatlaridan biri — "Rusagro" asoschisi Vadim Moshkovichning aktivlarini tortib olinishi bo‘ldi. Kompaniya aksiyalari va uning hisobvaraqlaridagi yirik summadagi mablag‘lar davlat daromadiga o‘tkazildi.

Rossiya Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, faqat 2024 yilning o‘zida qariyb 2,4 trillion rubllik xususiy mulk davlat foydasiga musodara qilingan. Ekspertlar kapitalning mamlakatdan oqib chiqishi ko‘payganini aynan shunday holatlar bilan bog‘lamoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:11 17.07.2026. O'qildi: 1844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!