Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiyaning ehtimoliy hujumi: NATO uch bosqichli reja ishlab chiqdi

Rossiyaning ehtimoliy hujumi: NATO uch bosqichli reja ishlab chiqdi

NATO Rossiyaning Baltiqbo‘yi mamlakatlariga ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bild nashrining aniqlashicha, alyans Rossiya qo‘shinlari Estoniya, Latviya yoki Litvaga hujum qilgan taqdirda harakat qilishning uchta variantini ishlab chiqqan. Asosiy maqsad hujumni to‘xtatish va Rossiya kuchlarini maksimal darajada zaiflashtirishdir.

Birinchi bosqich raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari (dron) hujumlarini bostirishdan iborat. Buning uchun NATO Rossiya raketa majmualarini yo‘q qilishda qiruvchi samolyotlar, raketalar va dronlardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Ko‘plab havo hujumidan mudofaa tizimlari hamda raketa majmualari joylashtirilgan Kaliningrad viloyati asosiy nishonlardan biriga aylanishi mumkin.

Keyingi bosqichda NATO bevosita Rossiya hududiga zarbalar berishi mumkin. Maxsus topshiriq berilgan kuchlar harbiy va logistika ob’ektlarini: aerodromlar, mudofaa korxonalari, ko‘priklar hamda qo‘shin va texnikalarni tashish uchun foydalaniladigan temiryo‘llarni yo‘q qilishi kerak bo‘ladi. Alyans, shuningdek, Vladimir Putinga qarshi bo‘lgan rossiyaliklarning yordamiga ham umid qilmoqda.

O‘z navbatida, NATO Rossiyaga dronlar va robotlarni tashish uchun “havo ko‘prigi”ni yaratishni rejalashtirmoqda. Ular, jumladan, aerodromlar hamda harbiy bazalarga hujum qiladi. Shu bilan birga, alyansdagilar Rossiya hududini egallab olish rejalashtirilmaganini ta’kidlamoqda. Vazifa Rossiya qo‘shinlarini chegaragacha surib chiqarishdan iborat.

Kiritildi: 12:52 18.08.2026. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!