Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi xakerlik hujumiga uchradi

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi xakerlik hujumiga uchradi

28 iyul kuni “Aeroflot” aviakompaniyasi axborot tizimlarida jiddiy nosozlik yuzaga kelganini e’lon qildi. Texnik muammo sababli hozirgacha kamida 50 ta reys bekor qilindi. Bekor qilingan parvozlar orasida Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Kaliningrad, Qozon, Minsk va Yerevan yo‘nalishlari bor.

Xakerlik hujumi uchun javobgarlikni Silent Crow va Cyberpartisans BY nomli xakerlar guruhi zimmasiga oldi. Ularning bayonotiga ko‘ra, “Aeroflot”ning 7000 ta serveri buzib kirilgan, 20 terabaytga yaqin ma’lumot o‘g‘irlangan. Ular parvozlar tarixi, CRM bazalari, rahbariyat kompyuterlari, ichki yozishmalar va audiyoyozuvlarga to‘liq kirishganini bildirishdi.

Kompaniya hujum ortidan reyslar kechiktirilishi yoki bekor qilinishi mumkinligini ogohlantirdi. Yo‘lovchilarga aeroportlardagi e’lonlar, axborot tablolari va rasmiy saytlar orqali ma’lumotlarni doimiy kuzatib borish tavsiya etildi. Moskvadagi Sheremetevo aeroportida uzoq navbatlar yuzaga kelgani xabar qilinmoqda.

"Aeroflot" o‘z xizmatlarini imkoni boricha tez tiklash ustida ish olib bormoqda. Xakerlar esa qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarning bir qismini tez orada e’lon qilishga va’da berishgan. Mazkur hujum Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasini axborot xavfsizligi borasida jiddiy tahdid ostida qoldirdi.

Kiritildi: 17:40 28.07.2025. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!