Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiyani tark etgan shaxslar mol-mulki musodara qilinishi mumkin

Rossiyani tark etgan shaxslar mol-mulki musodara qilinishi mumkin

Rossiyada Rossiya manfaatlariga qarshi qaratilgan deb baholangan ma’muriy huquqbuzarliklarda ayblanayotgan shaxslarning mol-mulkiga taqiq qo‘yish tartibi joriy etilmoqda.

Yangi qoidalarga ko‘ra, bunday shaxslarning aktivlari va mulki tergov yoki sud jarayonlari davomida vaqtincha cheklanishi yoki musodara qilinishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, mazkur tartib 2026 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi.

E’tiborli jihati shundaki, mol-mulk egasini oldindan xabardor qilish majburiy hisoblanmaydi. Qaror tegishli organlar tomonidan qabul qilinganidan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.

Yangi choralar, avvalo, Rossiya hududidan tashqarida bo‘lgan va mamlakat manfaatlariga qarshi faoliyat yuritganlikda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:48. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!