Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyalik xakerlar Niderlandiyaga hujum qildi

Rossiyalik xakerlar Niderlandiyaga hujum qildi

Niderlandiya harbiy razvedka xizmati (MIVD) Rossiya tomonidan davlat ob’ektiga qarshi birinchi kibersabotaj urinishini qayd etdi.

Bu haqda MIVD direktori vise-admiral Piter Resink yillik tahdid hisobotini taqdim etayotganda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xakerlar zarar yetkazish maqsadida tizim ustidan nazoratni qo‘lga kiritishga uringan. Hujumning oldi olindi. Aniq nishon oshkor etilmadi, biroq xakerlar muhim infratuzilmaga ham kirib borishga uringani ma’lum. Operasiyalarning maqsadi, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga yordamni to‘xtatish edi.

Rossiya, shuningdek, jamoat transporti kompaniyalari va siyosiy partiyalar veb-saytlarini Yevropa parlamenti saylovlarida ovoz berishni buzish uchun nishonga oldi.

Hisobotda Rossiya va Xitoydan kiberhujumlar va dezinformasiyadan tortib to sabotajgacha bo‘lgan gibrid tahdidlarning kuchayishi qayd etilgan. Ukrainada urush boshlanganidan beri Yevropada bunday hodisalar soni 10 baravardan oshgan.

CSIS ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hujumlari soni 2023-yilda to‘rt barobarga, 2024-yilda esa qariyb uch barobarga oshgan. O‘tgan yil oxiriga kelib, G‘arb razvedka agentliklari ishi tufayli faollik pasaygan.

Kiritildi: 22:00 22.04.2025. O'qildi: 1008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!