Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyalik prodyuser Gavrilov – Timur Haydarovning klinikasida vafot etdi

Rossiyalik prodyuser Gavrilov – Timur Haydarovning klinikasida vafot etdi

Mashhur metropolitanlik tadbirkor va prodyuser Pyotr Gavrilov Timur Haydarov klinikasida oshqozonini qisqartirish operasiyasidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda 27 fevral kuni «StarXitu» xabar berdi.

Pyotr Gavrilov 17 fevral kuni plastik jarroh Timur Haydarov klinikasida bariatrik jarrohlik amaliyotini (oshqozon hajmini jarrohlik yo‘li bilan qisqartirish) o‘tkazdi. Uch kundan keyin kasalxonadan chiqarilgandan so‘ng, Gavrilov kasal bo‘lib qoldi – u ko‘krak va qorindagi og‘riqlar, nafas olish qiyinlishuvidan shikoyat qildi. Shundan so‘ng u o‘ziga tez yordam chaqirdi, ammo kasalxonaga yotqizilishdan bosh tortdi.

Qarindoshlari Timur Haydarovning klinikasini sudga bermoqchi – ular Gavrilovning oshqozon rezeksiyasidan so‘ng qon zaharlanishidan vafot etganiga amin. Shifokor Haydarov o‘z kasalxonasida sodir bo‘lgan halokatli voqeaga izoh bermagan.

Kiritildi: 18:07 28.02.2024. O'qildi: 2422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!