Rossiyalik oligarxlar sanksiyalar ostida bo‘lsa ham Yevropa Ittifoqida daromad topmoqda. Bu haqda The Insider xabar berdi.
"Aksiyadorlari Putinga yaqin rossiyalik milliarderlar bo‘lgan kompaniyalar o‘z mahsulotlarini G‘arbga hech narsa bo‘lmagandek eksport qilishda davom etmoqda. Ular, agar sanksiya ostidagi btznesmenning ulushi 50 foizdan kam bo‘lsa, kompaniyalarga Yevropa Ittifoqi bozorlarida erkin faoliyat yuritish imkonini beruvchi bo‘shliqdan foydalanadi. Natijada Gennadiy Timchenko, Alisher Usmonov va Oleg Deripaska kabi oligarxlar tomonidan Yevropa bilan savdodan milliardlab dollar foyda olinadi", deb yozadi nashr.
Qayd etilishicha, Putinga yaqin bo‘lgan boshqa rossiyalik oligarxlar G‘arb sanksiyalarini o‘zlari foyda oluvchi kompaniyalardagi ulushlarini kamaytirish yoki aktivlarining bir qismini qarindoshlariga o‘tkazish orqali chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.