Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyalik milliarderlar Iskandar Mahmudov va Andrey Bokarev Latviyada bizneslarini davom ettirmoqda

Rossiyalik milliarderlar Iskandar Mahmudov va Andrey Bokarev Latviyada bizneslarini davom ettirmoqda

The Insider nashrining yozishicha, Rossiyalik milliarderlar Iskandar Mahmudov va Andrey Bokarev Latviyada bizneslarini davom ettirmoqda. Ular Kreml bilan aloqador va Rossiya Mudofaa vazirligi uchun asosiy ta’minot manbalari hisoblanadi.

Rossiyalik milliarderlar Iskandar Mahmudov va Andrey Bokarev Kreml bilan aloqador va Rossiya Mudofaa vazirligidan shartnomalar olib, shaxsan va vositachilar orqali Latviyada biznes yuritadi. Bu haqida The Insider nashri o‘z tadqiqotida ma’lum qilgan.

Nashr ishbilarmonlarni "Kremlning eski do‘stlari" deb ataydi va ularning kompaniyalari, jumladan Ural kon-metallurgiya kompaniyasi, Kuzbassrazrezugol, Transmashxolding Rossiyaning eng yirik pudratchilari hisoblanadi. 2017 yilgacha Mahmudov va Bokarev Kalashnikov konserni aksiyalariga egalik qilishgan. Bundan tashqari, tergovchilarga ko‘ra, ular "Kolomenskiy zavodi" orqali Rossiya harbiy kemalari uchun dizel dvigatellarini yetkazib berishadi.

Iskandar Maxmudov — etnik o‘zbek hisoblangan rossiyalik oligarx, Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi asoschisi hisoblanadi. Bokarev esa rus millatiga mansub, "Transmashxolding" asoschisidir.

Kiritildi: 03:18 09.12.2022. O'qildi: 3653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!