Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Rasman: "Manchester Siti" yarim himoyachisi Saudiyaga ko‘chib o‘tdi

Rasman: "Manchester Siti" yarim himoyachisi Saudiyaga ko‘chib o‘tdi

Yarim himoyachi Tijani Reynders "Manchester Siti"dan Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubiga o‘tdi. Saudiya klubi ijtimoiy tarmoqlarda 28 yoshli futbolchi ishtirok etgan videoni e’lon qildi.

Hozircha Reyndersning yangi klubi bilan imzolagan shartnomasi muddati oshkor etilmagan. Bitim tafsilotlari rasmiy e’lon qilingach ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq matbuotda Tijani Reynders "Al-Qodisiya"da 100 million yevrodan ortiq mablag‘ ishlab topishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Al-Qodisiya"ni "Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Brendan Rojers boshqarmoqda. Jamoa Saudiya Arabistoni chempionatini "Al-Shabab" ustidan 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.

21 avgust, juma kuni "Al-Qodisiya" o‘z maydonida "Al-Ittihod"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 22:32 19.08.2026. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!