Bugun 7 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi energetika, savdo va moliyaviy xizmatlarni qamrab oladi

Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi energetika, savdo va moliyaviy xizmatlarni qamrab oladi

Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketi energetika sohasi, savdo va moliyaviy xizmatlarga taalluqli bo‘ladi. Bu haqda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen maxsus bayonot bilan chiqdi.

U a’zo davlatlarni yangi sanksiyalarni tez fursatda tasdiqlashga chaqirib, bu Ukrainaga qaratilgan qat’iy qo‘llab-quvvatlashning navbatdagi signali bo‘lishini ta’kidladi.

Fon der Lyayenning ma’lum qilishicha, yangi paket doirasida Rossiya neftini tashishda qo‘llanilayotgan yana 43 ta tankerga cheklovlar joriy etiladi. Shu bilan «soya floti»ga kiritilgan sudlar soni 640 taga yetkaziladi. Shuningdek, Rossiya neftini dengiz orqali tashishga to‘liq taqiq qo‘yilib, uni transportirovka qilishga xizmat ko‘rsatish ham man etiladi.

Bayonotda qayd etilishicha, YEI Rossiyaning tankerlar sotib olish imkoniyatlarini cheklab, gaz tashuvchi kemalar va muzyorarlar uchun texnik xizmat ko‘rsatishga keng ko‘lamli taqiqlar joriy etadi. Bu choralar Rossiyaning gaz eksport loyihalariga qo‘shimcha zarba berishga qaratilgan.

Bundan tashqari, yangi sanksiyalar paketi Rossiya bank tizimini yanada cheklash va uning alternativ to‘lov kanallari yaratish imkoniyatlarini qisqartirishni ham nazarda tutadi.

Kiritildi: 21:55 06.02.2026. O'qildi: 157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!