Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaga qarshi sanksiyalar “atom bombasiga teng”- Viktor Orban

A A A
 Rossiyaga qarshi sanksiyalar “atom bombasiga teng”- Viktor Orban

Rossiyaga qarshi sanksiyalar “atom bombasiga teng”, dedi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban.

Bu fikrini u Rossiyaga qarshi cheklovlarning yana bir raqibi Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan qo‘shma matbuot anjumanida bildirdi.

Orbanning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar halokatli bo‘ladi, chunki ular ocharchilikka olib kelishi va Yevropa Ittifoqi chegaralarida ko‘p sonli muhojirlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

“Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishidan mamnun emasmiz, bu esa atom bombasi bilan barobar bo‘ladi va bu biz xalqimizni to‘ydira olmasligimizga olib keladi”, — deya Orbanning so‘zlarini keltiradi Ozod Yevropa radiosi.

Kiritildi: 22:36 21.05.2022. O'qildi: 6102 marta. Fikrlar soni: 16 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!