Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyaga kelayotgan migrantlar karantinga olinishi mumkin

Rossiyaga kelayotgan migrantlar karantinga olinishi mumkin

Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlar karantinga olinishi mumkin.

Deputat Sergey Mironovning so‘zlariga ko‘ra, bu chora meningit holatlari o‘sishini cheklash uchun zarur. Uning ishonchi komilki, bu yallig‘lanish Rossiyada emlanmagan migrantlar tufayli tez-tez uchragan.

“Kirgandan keyin ularni ushlashga urinish befoyda”, dedi Mironov.

Shuningdek, u xorijliklarga xavfli kasalliklar yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etilgandan keyingina mehnat vizasi berilishi kerak, deb hisoblaydi.

2025 yilning dastlabki besh oyida 1266 ga yaqin infeksiya holati qayd etilgan. Bu statistik ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 260 foizga ko‘pdir.

Kiritildi: 15:55 18.07.2025. O'qildi: 796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!