Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiyaga ishga yuborishni va’da qilib fuqaroning pullarini aldab qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi

Rossiyaga ishga yuborishni va’da qilib fuqaroning pullarini aldab qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi

Quvasoy shahar. Fuqaro M.I IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning fevral oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 300 AQSh dollari evaziga Rossiya Federasiyasiga ishga yuborishini aytib, pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 12:17 07.07.2022. O'qildi: 1498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!