Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyadan olib kelinayotgan yirik miqdordagi narkotik modda to‘xtatib qolindi

Rossiyadan olib kelinayotgan yirik miqdordagi narkotik modda to‘xtatib qolindi

Toshkent viloyatida Rossiyadan olib kelinayotgan yirik miqdordagi sintetik narkotik modda kontrabandasi fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Navoiy” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan Lada Largus avtomashinasi tekshirildi. Natijada yukxonadagi uzatmalar qutisi ichiga yashirilgan holda 2 kg 300 gramm “mefedron” narkotik moddasi aniqlandi.

Aniqlanishicha, “O‘zbekiston – Rossiya” yo‘nalishida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi mazkur fuqaro ushbu avtoehtiyot qismni Toshkent viloyatida kutib turgan, 2000 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan shaxsga yetkazishi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda buyurtmani qabul qilib olgan vaqtida u ham qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:47 25.12.2025. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!