Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Fors ko‘rfazi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot o‘tkazib, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi.
Rossiya Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar mintaqadagi mojaro yuzasidan fikr almashgan.
Moskva harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirib, ular tinch aholiga katta zarar va azob-uqubat keltirayotganini ta’kidladi.
Lavrovning aytishicha, mojaroning asosiy sababi AQSh va Isroilning Eronga qarshi «asossiz tajovuzi»dir. U muammoni faqat diplomatiya yo‘li bilan, barcha davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda hal qilish mumkinligini qayd etdi.