Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyadagi Tobol daryosida suv sathi 24 santimetrga ko‘tarildi

A A A
Rossiyadagi Tobol daryosida suv sathi 24 santimetrga ko‘tarildi

Rossiyaning Qo‘rg‘on viloyatidagi Tobol daryosida suv sathi 24 santimetrga ko‘tarilib, 375 santimetrga yetgani ma’lum qilindi.

Viloyat hukumati tomonidan berilgan bayonotda, Qo‘rg‘on viloyatidagi Tobol daryosidagi suv sathi kun davomida 24 santimetrga ko‘tarilib, 375 santimetrga yetgani ta’kidlandi.

Bayonotda, «Soat 20.00 (Moskva vaqti bilan 18.00) holatiga ko‘ra, Qo‘rg‘ondagi suv sathi 24 santimetrga ko‘tarilib, 375 santimetrga yetdi», deyiladi.

Ta’kidlanishicha, suv toshqini bilan bog‘liq vaziyat eng og‘ir bo‘lgan Zverinogolovskoye qishlog‘ida suv sathi 985 santimetrga ko‘tarilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qo‘rg‘on viloyatida 62 ta aholi punkti, 4 ming 300 ta turar joy, 5 ming 550 ta yer uchastkasi va 600 ta yozgi uyni suv bosishi mumkinligi, viloyatda 18 ming 718 kishi borligi haqida xabar berdi.

Kiritildi: 23:10 10.04.2024. O'qildi: 1631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!