O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 22 fevral kuni Perm o‘lkasining Osa tumanida Lada Largus va "Simaz" avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Avtomobilda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Oqibatda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi — E.F. va J.A. voqea joyida, O.A. esa og‘ir jarohatlar sababli kasalxonada vafot etgan.
Yana uch nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan holat nazoratga olingan bo‘lib, vafot etgan fuqarolar jasadlarini vatanga tezkor ravishda qaytarish ishlari yakunlangan.