Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada yo‘l qoidasini qo‘pol buzgan haydovchi qamalishi mumkin - yangi qonun

A A A
Rossiyada yo‘l qoidasini qo‘pol buzgan haydovchi qamalishi mumkin - yangi qonun

RIA Novosti xabariga ko‘ra Rossiya Davlat Dumasi avtomobilni tajovuzkor uslubda boshqargan, tezlikni haddan ortiq daraja oshirgan haydovchilar uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi.
Unga ko‘ra, avtomobilni agressiv uslubda boshqargan, belgilangan tezlikni 60 va undan ortiq kilometrga oshirgan, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqqan va ushbu qoidabuzarliklarni bir necha bor sodir etgan haydovchilar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shuningdek, ularga 200-300 ming rubl (4000$) jarima solinishi, 480 soat majburiy ishlar berilishi yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishlari mumkin.
Yangi qonun nafaqat yo‘l harakati inspektorlari tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklarga, balkim nazorat kameralari tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar uchun ham amal qiladi.
Ushbu qonun kuchi oldin ana shunday qoidabuzarlik sodir etgan yoki haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan shaxslar uchun amal qiladi.
Yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan qonunni Rossiya Dumasidagi beshta fraksiyaning barchasi qo‘llab quvvatlashdi va uni ishlab chiqishda o‘z tashabbulari bilan ishtirok etishdi.

Kiritildi: 09:55 23.12.2021. O'qildi: 1673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!