Rossiyada YouTube videoxosting xizmatidagi nosozliklar yuzasidan kelib tushgan shikoyatlar soni 31 mingdan oshdi. Buni Sboy.rf xizmati ma’lumotlari tasdiqlaydi .
Sayt faoliyatiga nisbatan eng ko‘p shikoyatlar Moskva (21 foiz), Sankt-Peterburg (9 foiz) va Krasnodar o‘lkasidan (6 foiz) foydalanuvchilardan keldi. «TASS» xabariga ko‘ra , smartfon Wi-Fi tarmog‘iga ulanganda YouTube ilovasi videolarni yuklab olishni to‘xtatadi, biroq mobil tarmoqqa ulanganda ilova jiddiy uzilishlar bilan ishlay boshlaydi.