Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, endi 39 yoshgacha bo‘lganlar ham yoshlar qatoriga kiritilishi mumkin.
Bosh geriatr Olga Tkachyovaning aytishicha, bunga inson umr davomiyligining oshishi sabab bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, zamonaviy odamlar avvalgiga nisbatan sekinroq qariyapti, uzoqroq faol hayot kechirmoqda va tashqi ko‘rinishini yaxshi saqlab qolmoqda.