"Kommersant’" nashrining yozishicha, 23 iyundan boshlab Voronej viloyatida cheklovlar joriy etilmoqda. Voronej hududida bir martada bakka 30 litrdan ko‘p bo‘lmagan benzin va 60 litr dizel, trassada esa 60 litr benzin va 200 litr dizel quyiladi.
Saratov viloyatida 23 iyundan boshlab bitta mashinaga 30 litrdan ortiq benzin sotish taqiqlandi. Omsk viloyatida 40 litr benzin va 80 litr dizel limiti joriy etiladi. Amur, Tambov, Lipesk, Tula, Tver va Vladimir viloyatlarida ham shunga o‘xshash cheklovlar haqida xabar berilmoqda.
"The Bell" nashrining hisob-kitoblariga ko‘ra, iyun oyining o‘rtalaridagi holatga ko‘ra Rossiyaning 53 ta hududida yonilg‘i bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Ularning ko‘pchiligida benzin narxi bir litr uchun 100 rublga yaqinlashib qoldi.
May oyida Rossiyada neft qazib olish Ukraina dronlarining neftni qayta ishlash zavodlari va neft bazalariga hujumlari kuchayganidan keyin yil davomidagi minimumga tushdi.
"Reuters" agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, may oyi oxirida zarbalar tufayli mamlakatning markaziy qismidagi deyarli barcha yirik neft sanoati ob’ektlari ishni qisqartirishga yoki to‘xtatishga majbur bo‘lgan.