Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyada o‘zbekistonliklar yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Qurbonlar bor

Rossiyada o‘zbekistonliklar yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Qurbonlar bor

Afsuski, buning oqibatida uch kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi, ikki nafar shaxsning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda.

Joriy yilning 10 noyabr kuni ertalab soat 04:00 larda Penza viloyatidagi M-5 federal trassaning 738 km da O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Afsuski, buning oqibatida uch kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi, ikki nafar shaxsning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda, deya xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi.

Shuningdek, 2 nafar fuqaro turli tan jarohati bilan Penza viloyati Kuznesk tumanlararo shifoxonasi joylashtirilgan.

"Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Jabrlangan fuqarolarimizga tez orada sog‘ayib ketishini tilab qolamiz. Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi nazoratiga olinib, tegishli muvofiqlashtirish ishlarni bo‘yicha joyiga chiqqan holda tashkillashtirilmoqda.
Mahalliy mas’ul vakolatli organlar bilan halok bo‘lganlarni Vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, jabrlanganlarga tibbiy muolaja ko‘rsatilishini Bosh konsulxona o‘z nazoratiga olgan", deyiladi xabarda.
Kiritildi: 02:42 11.11.2024. O'qildi: 2664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!