Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada o‘zbekistonlik taksi haydovchisi yo‘lovchini bir zarba bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

A A A
Rossiyada o‘zbekistonlik taksi haydovchisi yo‘lovchini bir zarba bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

Rossiyada o‘zbekistonlik taksi haydovchisi yo‘lovchini bir zarba bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Rossiyaning OAVsi xabar berdi.

Voqea shu yilning 23 iyul kuni taxminan soat 18:00 da, Leningrad viloyati Murino shahrida joylashgan Voronsovskiy bulvarida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik 23 yoshli taksi haydovchisi va uning 42 yoshli mijozi o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Og‘zaki tortishuv tezda mushtlashuvga aylanib ketgan va yo‘lovchi asfaltga yiqilib, vafot etgan.
Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘zbekistonlikni qo‘lga olib, maxsus tergov izolyatoriga joylashtirgan. Tekshiruv materiallari Vsevolojsk Tergov qo‘mitasining surishtiruv bo‘limiga topshirilgan. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, erkak boshi bilan asfaltga urilishi oqibatida halok bo‘lgan. Janjal sabablari aniqlanmagan bo‘lsada, voqeaning boshqa tafsilotlari ham aytilmagan.

Kiritildi: 19:45 27.07.2023. O'qildi: 2702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!