Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada O‘zbekiston va Tojikiston ishchilari ommaviy namoyish uyushtirgani aytilmoqda (VIDEO)

Rossiyada O‘zbekiston va Tojikiston ishchilari ommaviy namoyish uyushtirgani aytilmoqda (VIDEO)

Rossiya Federasiyasidagi mehnat migrantlari ishtirokida ommaviy norozilik uyushtirilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Tashqi mehnat migransiyasi agentligining Rossiya Federasiyasidagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil 22 fevral kuni Moskva shahridagi «Crocus Group» qurilish maydonchasida mehnat migrantlari tomonidan norozilik harakati uyushtirilgan.

Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli uyushtirilgan norozilik harakati oqibatida ish beruvchilar va migrantlar o‘rtasida jismoniy kuch ishlatilgan. Shundan so‘ng korxona rahbariyati fuqarolar bilan uchrashib, ularning ishlagan barcha maoshlarini to‘lab berishga va’da bergan.

Ushbu holatda jarohat olganlar va hibsga olinganlar o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Kiritildi: 16:06 24.02.2023. O'qildi: 3797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!