Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir yarim yilda turli qonunbuzarliklar sodir etgan qariyb 100 ming migrant mamlakatdan deportasiya qilingan. Yana 197 ming nafar chet el fuqarosining Rossiyaga kirishi taqiqlangan.
Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Andrey Kikotning ma’lum qilishicha, deportasiyalar soni 2,6 barobar oshgan. Deportasiya qilinganlarning 75 ming nafari majburan chiqarib yuborilgan.
Shuningdek, migrasiya qonunchiligini buzgan 800 ming nafar chet el fuqarosi nazoratga olingan. Vazirlik soxta hujjatlar, yolg‘on ma’lumotlar hamda soxta nikoh va oilaviy munosabatlarni aniqlash bo‘yicha nazoratni ham kuchaytirgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida 20 ming nafar chet el fuqarosining vaqtincha va doimiy yashash ruxsatnomalari bekor qilingan.