Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada Su-30 samolyoti halokatga uchradi

Rossiyada Su-30 samolyoti halokatga uchradi

Kareliyada Su-30 samolyoti halokatga uchradi.

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.

"Kecha, Moskva vaqti bilan taxminan 19:00 da Su-30 samolyoti rejalashtirilgan o‘quv parvozini amalga oshirayotgan vaqtda Kareliya Respublikasida halokatga uchradi", — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, samolyot ekipaji halok bo‘lgan.

Samolyot aholi yashamaydigan hududga qulagan va o‘q-dorilarsiz parvoz qilgan.

Kiritildi: 09:10 14.11.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!