Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiyada soxta mukofotlarga ega bo‘lgan "Maxsus Harbiy Operasiya qahramonlari" paydo bo‘ldi

A A A
Rossiyada soxta mukofotlarga ega bo‘lgan "Maxsus Harbiy Operasiya qahramonlari" paydo bo‘ldi


Ular o‘zlarini Ukrainaga qarshi urush qatnashchilari qilib ko‘rsatishyapti, pul yig‘ishmoqda, maktablarda bolalar qarshisida chiqishlar qilishyapti va jinoiy ta’qibga uchragan taqdirda sudlarda "faxriyga nisbatan yengillik berilishiga" erishmoqdalar.

Bu vaziyat "butunlay nazoratdan chiqib ketdi", deb bayonot berdi Rossiya Jamoatchilik palatasi a’zolari "Kommersant’" nashriga. Urush tugaganidan keyin bu muammo yanada chuqurlashadi, deya qo‘shimcha qilishmoqda palatadagilar.

Yig‘ilish davomida palata a’zosi Yekaterina Kolotovkina hozirgi vaqtda Rossiya fondlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy shaxslar davlat mukofotlaridan ajratish qiyin bo‘lgan o‘z medallari va ordenlarini ommaviy ravishda ishlab chiqarayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, "Vagner" medallari va Mudofaa vazirligi medallarining nusxalari marketpleyslarda sotilmoqda, "faxriylik" maqomining haqiqiyligini tekshirish esa aksar hollarda imkonsizdir. Z-propagandachi Anastasiya Kashevarova ham yasama urush qatnashchilari "hokimiyatga intilayotganini", shuningdek, go‘yoki harbiy yoki gumanitar ehtiyojlar uchun firibgarlik yo‘li bilan pul yig‘ayotganlarini bayon qildi.

Kiritildi: Bugun 15:32. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!