Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Nijegorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Nijegorod viloyati polisiyasi bergan xabarga ko‘ra, 1992 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan Hundai Grand Starex minivenini Moskva tomon harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va natijada to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan. Avtomobilda 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Elchixona axborotida aytilishicha, 1 sentyabr kuni Navashinskiy tumanida, M-12 “Vostok” federal avtomagistralida sodir bo‘lgan YTH oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, ulardan yetti nafari O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, uch nafar O‘zbekiston fuqarosi turli xil tan jarohatlari bilan Nijegorod viloyatining tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.

O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga muvofiq, mamlakat hukumati tomonidan tez orada halok bo‘lganlarning jasadlarini o‘z vataniga qaytarish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu masala O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi tomonidan alohida nazoratga olingan. O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasi rahbariyati va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari voqea joyida zarur yordam ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 09:40 03.09.2024. O'qildi: 1782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!