Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiyada Shiveluch vulqonidan otilgan kul buluti 500 km.ga tarqaldi

A A A
 Rossiyada Shiveluch vulqonidan otilgan kul buluti 500 km.ga tarqaldi

Kamchatkaning Shiveluch vulqonining otilishi natijasida hosil bo‘lgan kul buluti shimoli-g‘arbga 500 km.ga tarqaldi.

Klyuchi qishlog‘ida (vulqondan 50 km uzoqlikda) kul qatlamining balandligi 8,5 sm.ga yetgan. Mutaxassislarning fikricha, bu so‘nggi 60 yildagi eng katta kul tushishi hisoblanadi. Qutqaruvchilar qishloqqa himoya niqoblari bilan borishmoqda.

"Soat 6 larda uyg‘ondim, tashqari qorong‘i edi. Umuman yorishmadi. O‘yladim: nega tong otmayapti? Tashqariga chiqdim. Hamma joy qalin kulrang qatlam bilan qoplangan: mashinalar, qorlar", - deydi qishloqdagi odamlardan biri.

Kiritildi: 19:45 11.04.2023. O'qildi: 1626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!