Deputatlar ayrim toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun sun’iy intellektdan foydalanishni taklif qilishdi, deb xabar qilmoqda 360 telekanali.
Xususan, o‘zaro nizolarsiz ajralish jarayonlari, uy-joy kommunal xizmatlari va kreditlar bo‘yicha bahssiz qarzlarni undirish – to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Gosuslugi” portali orqali raqamli sudlar yordamida hal qilinishi mumkin, deyiladi taklifda.
Ekspertlar buning uchun hali erta ekanini, avvalambor, huquqiy baza mavjud emasligini, ikkinchidan sun’iy intellekt rivojlanish darajasi hali yetarli emasligini ta’kidlashmoqda.